» » O‘zbekiston va Litva 5 yil mobaynida ilk bor hukumatlararo komissiya yig‘ilishini o‘tkazadi

O‘zbekiston va Litva 5 yil mobaynida ilk bor hukumatlararo komissiya yig‘ilishini o‘tkazadi


O‘zbekiston va Litva joriy yil uchinchi choragida oxirgi 5 yil mobaynidagi ilk hukumatlararo komissiya yig‘ilishini o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakatda bo‘lib turgan Litva tashqi ishlar vaziri Linas Linkyavichyus ma’lum qildi, deya xabar beradi “Podrobno.uz”.

“O‘tgan yil iqtisodiy aloqalar dinamikasi ijobiy bo‘ldi, 20 foiz o‘sishga erishildi. Biroq bu raqamlar yanada salmoqliroq bo‘lishi mumkin edi, chunki ikki tomonlama aloqalarning ayrim yo‘nalishlariga umuman qo‘l urilmagan. Masalan, ta’lim yo‘nalishini jonlantirish mumkin. Hozir Litvada O‘zbekistondan atigi 25 nafar talaba o‘qimoqda. Shu sababli Toshkentda hukumatlararo komissiya yig‘ilishini o‘tkazish haqida kelishib oldik”, — deydi vazir.

Diplomatga ko‘ra, tomonlar ikki tomonlama soliqqa tortishni bartaraf etish va investitsiyalarni himoya qilish bo‘yicha kelishuvlarni imzolashga tayyorgarlik ko‘rmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2018, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 21) ( 0) ( 19) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют