» » Rossiyada “Kortej” loyihasi doirasidagi miniven namoyish qilindi (foto va video)

Rossiyada “Kortej” loyihasi doirasidagi miniven namoyish qilindi (foto va video)


“Rossiya 24” telekanali “Kortej” loyihasining mikroavtobusini namoyish qildi. U aks etgan kadrlar Rossiya sanoat va savdo vaziri vazifasini bajaruvchi Denis Manturov bilan intervyu chog‘ida paydo bo‘ldi, deb yozadi “Motor”.

Minivenning tashqi ko‘rinishi “Rospatent” bazasida ro‘yxatga olingan mashinanikidan sezilarli darajada farq qiladi: old qismi butunlay boshqacha yaratilgan. Umumiy proporsiyalari, suriladigan orqa eshiklari o‘z o‘rnida qolgan.

Mikroavtobusning davlat raqamiga qarab, mashinaning asosiy xususiyatlarini bilib olish mumkin. “Avtokod” bazasiga ko‘ra, u C toifasiga kiradi, ya’ni umumiy og‘irligi 3,5 tonnadan ortadi, kapoti ostida esa 600 ot kuchiga teng 4.4 V8 motori bor.

Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putin 7-may kuni bo‘lib o‘tgan inauguratsiya marosimi davomida ilk bor “Kortej” loyihasi doirasida yaratilgan yangi mahalliy limuzindan foydalandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2018, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют