» » Putinning limuzini raqami Ukrainaning Daewoo avtomobilidan olingan

Putinning limuzini raqami Ukrainaning Daewoo avtomobilidan olingan


Rossiya prezidenti Vladimir Putin birinchi marta inauguratsiya chog‘ida mingan yangi mahalliy limuzin raqami bungacha Daewoo Sens va GAZ 3110 avtomobillarida turgan. Bu haqda davlat raqamlari bazasidagi ma’lumotlar guvohlik bermoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, V776US77 raqami 1998-yilning aprelida 47 yoshli moskvalik — GAZ 3110 avtomobili egasi nomiga rasmiylashtirilgan. Mashina fotosuratlariga ko‘ra, qaysidir vaqtga kelib, u yomon holatga kelib qolgan — u tashlab yuborilgan va chiqindi deb hisoblangan bo‘lishi mumkin.

Keyinroq raqam belgisi Zelenograd fuqarosiga tegishli bo‘lgan Daewoo Sens sedaniga berilgan. Ushbu avtomobil rusumi Rossiyada Lanos sifatida mashhur, Sens nomi ostida esa Ukrainada ishlab chiqarilgan.

Huquq-tartibot organlari xabariga ko‘ra, 2016-yilning 31-martida V776US77 yagona ma’lumotlar bazasiga qaytarilgan. Uni istalgan avtomobilchi olishi mumkin edi.

Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putin 7-may kuni bo‘lib o‘tgan inauguratsiya marosimi davomida ilk bor “Kortej” loyihasi doirasida yaratilgan yangi mahalliy limuzindan foydalandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2018, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют