» » Astronomlar Quyosh tizimi chegarasida “ko‘mir” asteroidini aniqladi

Astronomlar Quyosh tizimi chegarasida “ko‘mir” asteroidini aniqladi


Astronom olimlar Quyosh tizimi chegarasida, Neptun orbitasi ortida tarkibida uglerod miqdori ko‘p bo‘lgan asteroidni aniqladi, deb xabar beradi “TASS”.

Samoviy jismga 2004 EW95 deb nom berildi.

Qayd etilishicha, u Mars va Yupiter oralig‘ida hosil bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Biroq u kichik samoviy jismlar ko‘p to‘planadigan Koyper mintaqasiga joylashgan.

Ushbu samoviy jismni ilk marta Hubble teleskopi yordamida kuzatishga muvaffaq bo‘lindi. U dastavval noodatiy spektr sifatida olimlar e’tiborini tortgan. Keyingi kuzatuvlar Yevropa janubiy observatoriyasi teleskoplaridan foydalangan holda amalga oshirildi.

Chili astrofizika instituti astronomlaridan biri Tomas Pasia asteroidini kuzatish jarayonini  “qora fonda ko‘mir tog‘ini o‘rganish”ga qiyosladi.

Bundan tashqari, astronomlar asteroid tarkibida uglerod miqdorining ko‘pligini tasdiqlovchi boshqa dalillarni ham aniqlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2018, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют