» » Qazaq Geography guruhi Orol dengizida ekspeditsiya boshladi

Qazaq Geography guruhi Orol dengizida ekspeditsiya boshladi


10-may kuni Nazarbayev universiteti va Qozog‘iston milliy geografik jamiyati — Qazaq Geography ekspeditsiya guruhi Orol dengiziga bag‘ishlangan ilmiy-ma’rifiy ekspeditsiyasini boshladi. Shimoliy va Janubiy Orol sohillarini o‘rganishga bag‘ishlangan “Orol 2018” ekspeditsiyasi 10–29-may kunlari oralig‘ida bo‘lib o‘tadi. Gidrobiolog olimlar va kartograflar ekspeditsiyasi tarkibida mashhur jurnalistlar, fotosuratchilar ham bor, deb yozadi O‘zA.

Joriy yilgi ekspeditsiya o‘rganish joylariga Janubiy Orol (Orolning O‘zbekiston tomoni) ham kiritilgan. Ilmiy ekspertizaning natijalari bo‘yicha plankton guruhlarning biologik xilma-xilligi, suvning sho‘rlanishi, fosfor darajasi bo‘yicha ma’lumot yig‘iladi. Bu esa Shimoliy va Janubiy Orol sohillaridagi ekologik holatni oldindan bashorat qilish imkonini beradi.

Shuningdek, ekspeditsiyada Orol sohillari bo‘yicha turistik yo‘nalishlar xaritasini ishlab chiqish, foto va videomateriallarni tayyorlash uchun ma’lumot yig‘iladi.

Tashrifdagi 19 kun davomida ekspeditsiya tarkibidagi 20 kishi besh avtomobilda Qozog‘iston va O‘zbekiston hududidagi 7 ming kilometrlik masofani bosib o‘tadi.

– Tashrif “Ostona – Balxash – Chu – Taroz – Chimkent – Toshkent – Samarqand – Buxoro – Urganch – Nukus – Mo‘ynoq – Orol dengizi – Beynov – Bozoy – Orol dengizi – Orol – Qizilo‘rda – Jezqazg‘an – Qarag‘anda – Ostona” yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkaziladi, — deydi ekspeditsiya rahbari Nurjan Alg‘ashov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2018, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют