» » Orol bo‘yi hududida yosh olimlar va OAV uchun 3 kunlik ekspeditsiya tashkil etildi

Orol bo‘yi hududida yosh olimlar va OAV uchun 3 kunlik ekspeditsiya tashkil etildi


17—20-sentabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamkorligida ilmiy ekspeditsiya o‘tkazilmoqda. Bu haqda “KRuz.uz” xabar bermoqda.

Unda yosh olimlar, gid-ekskursovodlar, fotosuratchilar, bloger va jurnalistlar ishtirok etadi. 25 kishidan iborat ekspeditsiya a’zolari uch kecha-kunduz davomida Orol bo‘yi hududida istiqomat qilib, bugungi kundagi haqiqiy holat bilan yaqindan tanishadi.

2017—2021-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasining “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturida Orol fojiasi oqibatlarini bartaraf etishning samarali yo‘llarini ishlab chiqish, ushbu hududda yuzaga kelgan ekologik muammolarni hal etishning ta’sirchan mexanizmlarini yaratish va amalga oshirish kabi tadbirlar belgilangan.

Tadbir tashkilotchilari mazkur loyiha orqali Orol fojiasining bugungi kundagi holatiga keng jamoatchilik e’tiborini qaratish, biologiya, geologiya, ekologiya yo‘nalishlarida ilmiy-tadqiqotlar olib borayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va kasbiy qiziqishlarini yanada oshirishga harakat qilishmoqda. Shuningdek, mazkur hududga sayyohlar oqimini, ayniqsa, yoshlar va ekstremal turizm yo‘nalishlarida xorijlik mehmonlarni jalb etishga hissa qo‘shishni rejalashtirishgan.

Loyiha doirasida, shuningdek, Toshkent shahrida ekskursiya natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-09-2017, 15:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 107) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют