» » Orol dengizining qurigan tubida “Germaniya” va “Yaponiya” nomli kemalar paydo bo‘ladi

Orol dengizining qurigan tubida “Germaniya” va “Yaponiya” nomli kemalar paydo bo‘ladi


O‘zbekiston Prezidentining 28-fevraldagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanini 2017—2018-yillarda iqtisodiy rivojlantirish va bandlikni ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida Orol dengizining qurib qolgan hududidagi 11 ta kemani qayta tiklash va ularga qiziqish yuqori bo‘lgan sayyohlar keluvchi mamlakatlar nomini berish nazarda tutilgan edi, deb yozadi “KRuz.uz”.

Mo‘ynoq tumani madaniyat va sport ishlari bo‘limi boshlig‘i Gulbahor To‘qsanbayevaning so‘zlariga ko‘ra, kemalarni qayta tiklash ishlari boshlangan; kemalardan biriga “Germaniya”, ikkinchisiga esa “Yaponiya” nomi beriladi. Qolgan kemalarning nomi esa mutaxassislar tomonidan o‘rganilmoqda.

Mo‘ynoq tumani hokimi Xudoybergen Uteniyazovning ta’kidlashicha, tuman markazidagi “Buyniy” nomli kemani ko‘pchilikning taklifiga binoan “O‘zbekiston” deb qayta nomlash rejalashtirilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-04-2017, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют