» » Rossiyada Ravon avtomobillarining yetishmovchiligi yuzaga keldi

Rossiyada Ravon avtomobillarining yetishmovchiligi yuzaga keldi


Rossiyada Ravon avtomobillari yetishmovchiligi yuzaga keldi. Dilerlik markazlarida tanlovlar minimumga tushib ketdi, ayrim modellarni esa umuman topishning iloji bo‘lmayapti. “RG” nima sababdan bu kabi vaziyat kuzatilayotganiga oydinlik kiritdi.

“Ravon avtomobillari aksariyat dilerlik markazlaridan yo‘qolib qoldi”, — deydi dilerlik bilan shug‘ullanuvchi manbalardan biri. Uning aytishicha, bu narxlarning qayta ko‘rib chiqilishi bilan bog‘liq ekan. “Avtokonsern rahbariyati Rossiyaga eksport qiluvchi mashinalar narxini ko‘tarishni talab qildi. Ularning narxi O‘zbekistonda sotilayotgan avtomobillardan arzon bo‘lmasligi kerak ekan”, — deydi suhbatdosh.

“Narxlarni qayta ko‘rib chiqish Rossiya va O‘zbekiston milliy valyutalari kurslarining o‘zgarishi va Rossiyada qayta ishlash narxlarining ko‘tarilishi bilan bog‘liq. Biznes modeldagi o‘zgarish rebrending va yangilangan modellar liniyasini ishga tushirdi va Ravon brendining rivojlanishini ta’minladi, Rossiya bozorida yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalar va dilerlik tarmog‘ini kengaytirdi”, — deyiladi Ravon Motors Rus GM Uzbekistan’ning rasmiy javobida.

“Rossiyaga avtomobillar yetkazib berishni 2018-yilning may oyi oxiriga qadar to‘liq hajmda qayta tiklash rejalashtirilgan. Shuningdek, biz kompaniyamizning rejalari va qarashlari haqidagi avvalgi bayonotimizni tasdiqlaymiz hamda Rossiyaga yangi va yangilangan modellarni, shuningdek, tegishli xizmatlar paketlarini tayyorlashni davom ettiramiz. Avvalroq ta’kidlanganidek, Ravon Moskvada bo‘lib o‘tadigan xalqaro avtosalonining ishtirokchisiga aylanadi”, — deyiladi kompaniya xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2018, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 43) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют