» » O‘zbekiston delegatsiyasi Kann xalqaro festivalida faol ishtirok etmoqda (foto)

O‘zbekiston delegatsiyasi Kann xalqaro festivalida faol ishtirok etmoqda (foto)


O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan 71-Kann xalqaro kinofestivali doirasida o‘z pavilyoni bilan ishtirok etayotgan O‘zbekiston delegatsiyasi o‘z ishini davom ettirmoqda, deb yozadi O‘zA.

Delegatsiya a’zolari taniqli kinoprodyuser, distribyutorlar bilan muzokaralar olib borib, ularni O‘zbekistonda kino uchun yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirib boryapti.

Shuningdek, festivalda namoyish etilayotgan filmlar, Kann shahriga tashrif buyurgan mutaxassislar va ishtirokchilarni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan PROlogue xalqaro kinofestivaliga jalb etish bo‘yicha qizg‘in ish davom etmoqda.

O‘zbek delegatsiyasi turli mamlakatlar pavilyonlariga ham tashrif buyurib, u yerda tashkil etilayotgan ma’ruzalar, mahorat darslari, uchrashuvlarda ham faol ishtirok etib, tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘lyapti. Undan tashqari xorijiy davlatlar pavilyonlari mutaxassislaridan mamlakat yoshlari tomonidan ishlab chiqarilgan to‘liq hamda qisqa metrajli filmlar haqida axborotlar olinib, ulardan PROlogue xalqaro kinofestivali uchun ma’lumotlar bazasi yaratilmoqda.

10-may kuni o‘zbek delegatsiyasi rahbari Oybek Abdushukurov Turkiyada eng nufuzli uchtalikka kiruvchi Malatya xalqaro kinofestivali rahbari Suat Kocher bilan anglashuv memorandumi imzoladi. Mazkur memorandumga ko‘ra, har ikki festival doirasida maxsus stendlar tashkil etiladi, Toshkentda bo‘lib o‘tadigan kinofestivalda turkiyalik, Malatyada tashkil etiladigan xalqaro kino bayramida o‘zbekistonlik mutaxassislar ishtirok etadi. Tomonlar o‘zaro tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

“Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekiston delegatsiyasi jahon kinobozorida o‘zining munosib o‘rnini egallash uchun ilk qadamni tashlay oldi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2018, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют