» » Kann xalqaro kinofestivalida birinchi marta O‘zbekiston pavilyoni tashkil etiladi

Kann xalqaro kinofestivalida birinchi marta O‘zbekiston pavilyoni tashkil etiladi


71-Kann xalqaro kinofestivalida ilk marta “Uzbekistan” pavilyoni tashkil etiladi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Joriy yilning 8—19-may kunlari Fransiyaning mashhur Kruazet sohili bo‘yidagi Festivallar va kongresslar saroyida birinchi marotaba taqdim etiladigan O‘zbekiston pavilyoni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi, “O‘zbekkino” milliy agentligi hamda Yosh kinoijodkorlar kengashi tomonidan tashkil etilmoqda.

Kinematografiyani rivojlantirish markazi dunyoning birinchi raqamli xalqaro kinofestivali Kann kino bozori direksiyasi bilan shartnoma imzolagan. Har yili tashkil etiladigan kino bozori dunyo kinosi sanoatidagi asosiy madaniy voqealardan biri hisoblanadi. O‘tgan yilning o‘zida mazkur tadbirda jahonning 118 mamlakatidan 12 mingdan ortiq kishi ishtirok etgan va bu ko‘rsatkich yil sayin ortib bormoqda.

Pavilyon qatnashchilari kino bozorida turli mamlakatlardan tashrif buyurgan mehmonlarga O‘zbekiston kinoijodkorlarining filmlari hamda mamlakatning boy kino lokatsiyasi haqida ma’lumotlarni taqdim etib, respublikaning madaniy va ma’naviy qadriyatlari bilan ularni yaqindan tanishtiradi. Shuningdek, pavilyonda 2018-yilning oktabr oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan, shu yildan boshlab xalqaro kinofestival maqomini olgan “PROlogue”, yaqinda respublikada tashkil etilgan O‘zbekiston kinokomissiyasi hamda Respublika kinoprokat markazi taqdimoti ham o‘tkaziladi.

O‘zbekiston paviloni xalqaro maydonda mamlakat imijini oshirish, kelajakda respublikaning iste’dodli kinoijodkorlarini dunyo miqyosida tanitish, O‘zbekiston kino san’atiga xalqaro hamjamiyat e’tiborini qaratish, shu bilan birga “PROlogue – 2018” kinofestivalida ko‘plab xorijiy mutaxassis va kinoijodkorlarining ishtirokini ta’minlashda katta ahamiyat kasb etadi.

Kinematografiyani rivojlantirish markazida tashkil etilgan matbuot anjumanida “O‘zbekkino” milliy agentligi bosh direktori F.Zokirov, Yosh kinoijodkorlar kengashi raisi O.Abdushukurov, Respublika kinoprokat markazi direktori M.Muxtorov mamlakatda san’atning barcha turlari qatori kinematografiyani ham rivojlantirish, soha uchun yangi imkoniyatlar yaratish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2018, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют