» » Maxsus o‘zbek kinokomissiyasi tashkil etildi

Maxsus o‘zbek kinokomissiyasi tashkil etildi


“O‘zbekkino” milliy agentligi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi va Yosh kinoijodkorlar kengashi qoshida O‘zbekistonda kino turizmini rivojlantirish hamda xorijiy kinokompaniyalarni O‘zbekiston hududida filmlarni tasvirga olish ishlarida tashkiliy va ishlab chiqarish-texnik xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha doimiy faoliyat yuritadigan maxsus O‘zbek kinokomissiyasi tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

Yuqorida nomlari keltirilgan tashkilotlar bundan buyon respublika hududida filmlarni tasvirga olish uchun xorijiy kinokompaniyalarni keng jalb qilish hamda ularga xalqaro tajriba asosida kinoservis xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlik qiladi.

Kinokomissiyaning asosiy vazifalari xorijiy investorlarni O‘zbekistonga jalb etish, mamlakatning madaniy-tarixiy merosi va tabiiy boyliklarini keng targ‘ib qilish, xorijiy kinokompaniyalarga respublika hududida qulay sharoit yaratish, ularga tashkiliy va texnik xizmat ko‘rsatish, ularning mahalliy kinostudiyalar bilan hamkorlikda filmlar (koproduksiya) ishlab chiqarishini tashkillashtirish, O‘zbekistonda suratga olinayotgan xorijiy kartinalarga mahalliy mutaxassislarni jalb qilish, respublikaning diqqatga sazovor joylarida tasvirga olingan filmlarni xalqaro miqyosda targ‘ib qilish orqali mamlakatning turistik jozibadorligini namoyon qilish va kinoturizm sohasini rivojlantirishdan iboratdir.

Kinokomissiyaning sayti uzbekistanfilmcommission.com ishga tushirildi. Unda mamlakatning  diqqatga sazovor joylari hamda komissiya tomonidan ko‘rsatiladigan asosiy xizmatlar haqida axborot aks ettirilgan.

Kinokomissiya shu yilning may oyida Fransiyada bo‘lib o‘tadigan 71-Kann xalqaro kinofestivali doirasidagi “Uzbekistan” pavilonida taqdimot qilinadi. Shuningdek, tez orada o‘zbek kinokomissiyasining shtab kvartirasi Los-Anjeles shahrida joylashgan xalqaro kinokomissiya assotsiatsiyasiga a’zo bo‘lish masalasi ham ko‘rilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2018, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 106) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют