» » Yettita xalqaro kinofestivalda ishtirok etgan “U” filmi ilk bor PROLogue – 2017 da namoyish qilindi

Yettita xalqaro kinofestivalda ishtirok etgan “U” filmi ilk bor PROLogue – 2017 da namoyish qilindi


O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, “O‘zbekkino” MA, Yosh kinoijodkorlar kengashi hamda Kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan o‘tkazilayotgan III Respublika PROLogue – 2017 kinofestivali davom etmoqda.

Yettita xalqaro kinofestivalda ishtirok etgan “U” filmi ilk bor PROLogue – 2017 da namoyish qilindi. Bu haqda “Daryo”ga Yosh kinoijodkorlar kengashining matbuot xizmati ma’lum qildi.

27-noyabr kuni Yoshlar ijod saroyida festivalning asosiy qismi, ya’ni qisqa metrajli filmlar namoyishi boshlandi. Namoyishni rejissor Muxlisa Azizovaning yettita xalqaro kinofestivalda ishtirok etgan, “U” (“Ona”) nomli filmi boshlab berdi. Mazkur film ilk bor O‘zbekistonda tashkil qilingan festivalda namoyish etilmoqda.

Ma’lumot uchun,  Muxlisa Azizovaning “U” filmi Fransiya, Kipr, Qozog‘iston, Bangladesh, Indoneziya, Hindiston, Turkiya davlatlarining xalqaro kinofestivallarida ishtirok etgan.

Опубликовано: admin (27-11-2017, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют