» » O‘zbekiston madaniyat vaziri Misr elchisini qabul qildi

O‘zbekiston madaniyat vaziri Misr elchisini qabul qildi


O‘zbekiston madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev Misr elchisi Amani al-Itrni qabul qildi. Bu haqda madaniyat vazirligi matuot xizmati ma’lum qildi.

Uchrashuvda elchi Amani al-Itrni Surxondaryo viloyati Boysun tumanida o‘tkazilgan “Boysun bahori” folklor festivalida ishtirok etgani, jozibador festival tabiat qo‘ynida yuqori saviyada tashkil etilganini e’tirof etdi. Bunday festivallar Misrda ham domiy o‘tkazilishi hamda vazirga o‘z davlatining san’atini O‘zbekiston ahliga namoyish etish istagini bildirdi.

Elchi ikki tomonlama madaniy hamkorlikni rivojlantirish va madaniy tadbirlarni ikki davlat o‘rtasida muntazam ravishda o‘tkazilishi yuzasidan o‘z takliflarini berdi.

O‘z navbatida, Baxtiyor Sayfullayev san’at vakillari dunyo madaniyati va san’atini yaqindan o‘rganishi va tanishish maqsadida bunday taklifni mamnuniyat bilan qabul qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2018, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют