» » “Boysun – moddiy va nomoddiy madaniyat beshigi” ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

“Boysun – moddiy va nomoddiy madaniyat beshigi” ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi


28–29-aprel kunlari Boysun tumanida bo‘lib o‘tadigan “Boysun bahori” ochiq folklor festivali doirasida Termiz davlat universitetida “Boysun – moddiy va nomoddiy madaniyat beshigi” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Boysun dunyo tamaddunining eng qadimgi beshiklaridan biri sifatida jahon ilm-fani ahlida katta qiziqish uyg‘otib keladi. Insoniyatning ilk manzilgohlaridan biri bo‘lgan bu go‘sha go‘zal tabiat manzaralari, o‘ziga xos o‘simlik va hayvonot dunyosi, moddiy va nomoddiy madaniy boyliklari, serjilo noyob qadriyatlari bilan ham mashhur.

Ming yillar davomida noyob madaniy merosni o‘z bag‘rida avaylab-asrab kelayotgan Boysun 2001-yilda YuNЕSKO tomonidan “Insoniyatning og‘zaki va nomoddiy madaniy merosi” durdonasi sifatida e’tirof etilib, 2008-yilda YuNЕSKOning “Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi” reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi. Bunday nodir boylikni jahonda keng tarannum etish maqsadida “Boysun bahori” ochiq folklor festivaliga asos solindi.

Konferensiya ishtirokchilarining ma’ruza va maqolalari alohida to‘plam sifatida chop etildi.

Anjumanda Surxondaryo viloyati hokimi E. Turdimov so‘zga chiqdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2018, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют