» » Video: Amir Olimxonning podsho Nikolay bilan uchrashuvi

Video: Amir Olimxonning podsho Nikolay bilan uchrashuvi


O‘zAda Buxoroning so‘nggi amiri Olimxonga oid noyob suratlar va video keltirildi. Quyida ushbu materiallar, shuningdek, maqola ayrim qisqartirishlar bilan havola etiladi.

Yaqinda hamkasblar bilan tarix mavzusida suhbatlashib turganimizda, Amir Olimxonning videotasviri bor deb eshitaman, shu rostmikan-a, deb so‘rab qoldi. Kimdir yelka qisdi, yana biri “nahotki!!!” deb hayratini bildirdi. Suhbat so‘nggida bu ma’lumotni qanchalik rostligini bilishga qiziquvchilar ko‘payib, tegishli hujjatlarni qanday topish haqida bosh qotirishni boshladik.

Shu tariqa manbalarni qidirib, O‘zbekiston kinofotohujjatlari markaziy davlat arxiviga murojaat qildik.

“Bizda O‘zbekistonning, to‘g‘rirog‘i, Turkiston o‘lkasining 1860-yillarga tegishli hujjatlari mavjud, – deydi arxiv fondlarini bosh saqlovchisi Umida Akromova. – Jumladan, Amir Olimxonga tegishli suratlar va uning Peterburgda Nikolay podsho bilan uchrashuvi olingan qisqa video tasvir saqlanmoqda”.

Tarixdan hikoya qiluvchi nodir hujjatlar saqlanayotgan bu maskanda Amir Olimxon tushirilgan tasvirni, uning suratlarini ko‘rdik.

Ehtiyot qilib saqlanganiga qaramay bu tasvirlar hozirda juda xiralashib qolgan. Shunday bo‘lsa-da, ularni ko‘rib, hayratlanasiz. Axir, 1900-yillarda shu tasvirning olinishi va uni arxivda saqlab qolinganini o‘zi mo‘jiza emasmi? Ularga qarab, o‘tmishga qaytgandek, davrning nafasini bir dam his qilgandek bo‘ldik.

Kichik formatda, sarg‘ayib ketgan suratlarga boqib, “Vatansiz amir — nochoru abgor, Vatanida o‘lgan gadoy — haqiqiy amir”, so‘zlari quloqlarimiz ostida jaranglaganday bo‘ldi. Ha, bu so‘zlar Buxoroning so‘nggi hukmdoriga tegishli bo‘lib, u o‘limi oldidan qabriga ana shu jumlani yozib qoldirishni vasiyat qilgan ekan.

Keling, shu o‘rinda Amir Olimxon haqida ba’zi ma’lumotlarni keltirib o‘taylik. 1893-1896-yillarda Peterburgda ta’lim olgan Sayyid Mir Olimxon 1911-yilning yanvarida Buxoro amiri bo‘ldi.

1911-1920 yillarda-Buxoro taxtini boshqardi.

Olimxon Buxoroda sovet hukumati o‘rnatilgach, Afg‘onistonga chiqib ketdi. 1944-yilda 64 yoshida Kobul atrofidagi Fatuh qal’asida vafot etgani manbalarda keltiriladi.

Mustaqillikka erishgunimizgacha bo‘lgan davrda har qanday hukmdor, jumladan, Amir Olimxon xotirasi ham qoralangan edi. U davrga tegishli tarixiy faktlar buzib ko‘rsatilgan yoki butunlay yo‘q qilingan. Shunday bo‘lsada, o‘zbek xalqi o‘z o‘tmishini, farzandlarini hech qachon unutmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2018, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 28) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют