» » Zangiotalik ko‘chada qolgan 9 yoshli bolakayni maktabga qabul qilishdi

Zangiotalik ko‘chada qolgan 9 yoshli bolakayni maktabga qabul qilishdi


Ona-bola Toshkent shahrining Sergeli tumani bilan Toshkent viloyatining Zangiota tumani kesishadigan katta yo‘l yoqasida mayda-chuyda (pista, qurut, yaxna ichimliklar) sotib kun ko‘rgan. 9 yoshli Baxtiyor Omonov onasi bilan boshpanasiz qolgan. Bu haqda Uz24 xabar beradi.

Ushbu muammo Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘rganib chiqilgan va ijobiy hal etilgan.

“To‘qqiz yoshli Omonov Baxtiyor Zangiota tumanidagi 33-sonli maktabning 2-sinfiga qabul qilindi. O‘quvchini ta’lim muassasasiga qabul qilishda zarur bo‘lgan hujjatlarni tayyorlash uchun tuman hokimligi huzuridagi Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyasiga ariza bilan murojaat qilindi.

Hozir Baxtiyor tengdoshlari bilan birga ta’lim olmoqda, yangi muhitga moslashish hamda qoldirilgan mavzularni o‘zlashtirishda unga maktab psixologi va sinf rahbari yaqindan yordam bermoqda. Shu o‘rinda, vazirlik tomonidan barcha hududiy xalq ta’limi boshqaruv idoralari rahbarlariga 7 yoshga to‘lgan har bir bola Konstitutsiyamiz bilan kafolatlangan bepul ta’lim olishga haqli ekani va bu huquqni ta’minlashda barcha darajadagi rahbarlar shaxsan mas’ul ekani yana bir bor eslatildi”, — deyiladi vazirlik ma’lumotida.

8-may kuni Facebook’dagi ijtimoiy guruh vakillari ushbu holatni o‘rganish hamda Mehriniso Omonova va uning bolasiga yordam berish uchun, ular bilan ko‘rishib ijtimoiy tarmoqlar orqali foydalanuvchilarga murojaat etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2018, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 116) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют