» » Toshkent viloyatida masjid yonida qoldirilgan mashinadan 7 million so‘m o‘g‘irlandi

Toshkent viloyatida masjid yonida qoldirilgan mashinadan 7 million so‘m o‘g‘irlandi


Toshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan masjid oldida ro‘y bergan o‘g‘rilik fosh etildi. Bu haqda “Daryo”ga Toshkent viloyat IIB ma’lum qildi.

8-mart kuni soat 13:05 da Toshkent shahar Sergeli tumanida yashovchi 1976-yilda tug‘ilgan D.Q. va Zangiota tumanida yashovchi 1976-yilda tug‘ilgan J.J.lar Zangiota tumani Erkin qo‘rg‘onida joylashgan “Mir Abdullo eshon” jome masjidi yaqinida avtomashinaning orqa oynasini sindirib, 6 million 904 ming so‘m o‘g‘irlagan. Mashina Zangiota tumanida yashovchi 1977-yilda tug‘ilgan M.Q.ga tegishli edi.

Jinoyatchilar ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlangan.

Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-03-2018, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют