» » Xorazmlik “tadbirkor” Toshkentdan 300 mln so‘mlik chinni idish olib ketib, pulini o‘zlashtirib yubordi

Xorazmlik “tadbirkor” Toshkentdan 300 mln so‘mlik chinni idish olib ketib, pulini o‘zlashtirib yubordi


Xorazmlik “tadbirkor” Zangiotadagi hamkorining 300 million so‘mlik chinni mahsulotini olib, o‘zlashtirib yubordi. Bu haqda “Daryo”ga Toshkent viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasi ma’lum qildi.

Zangiota tumanida yashovchi, “Toshkent” savdo majmuasida savdo bilan shug‘ullanuvchi Akram Mahmudov (ism-shariflar shartli) xorazmlik hamkorining nojo‘ya qilmishidan shikoyat qildi.

Uning aytishicha, Xorazm viloyatida yashovchi, 1992-yilda tug‘ilgan Ilhom Atamuradov tezda sotib berishi, xaridorlar ko‘pligini aytib, undan umumiy qiymati 300 million so‘mlik chinni idish olib ketadi. Biroq ularni sotgandan so‘ng pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuboradi.

Zangiota tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan I.Atamuradovga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2018, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют