» » Saloh uchun atalgan mavsum. Misrlik futbolchi Angliyada “Oltin butsa” sohibi bo‘ldi (foto)

Saloh uchun atalgan mavsum. Misrlik futbolchi Angliyada “Oltin butsa” sohibi bo‘ldi (foto)


Avvalroq xabar berilganidek, APLning so‘nggi 38-turi doirasida “Liverpul” o‘z maydonida “Brayton”ni qabul qilib, 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 26-daqiqasida Muhammad Saloh mehmonlari darvozasini ishg‘ol etishga erishdi. Bu gol uning “Liverpul” safida APLda urgan 32-goli bo‘ldi. Mazkur gol sabab misrlik futbolchi APLda bir mavsumda 32 ta gol urgan ilk futbolchiga aylandi.

Avvalroq Muhammad 31 ta gol urgan holda rekordni Luis Suares, Krishtianu Ronaldu va Alan Shirer bilan bo‘lishib turgan edi.

Shu tariqa Saloh APLda 2017/18 mavsum to‘purari bo‘ldi. Ikkinchi o‘rin 30 ta gol bilan “Tottenhem” to‘purari Harri Keynga nasib etdi. Uchinchi o‘ringa esa 21 ta gol “Manchester Siti”ning argentinalik hujumchisi Serxio Aguero joylashdi.

Ma’lumot uchun misrlik futbolchi 2017-yil yozida Rimning “Roma”sidan “Liverpul” safiga kelib qo‘shilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2018, 01:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют