» » O‘zbekistonga kelgan birinchi amerikaliklar kimlar edi? (foto)

O‘zbekistonga kelgan birinchi amerikaliklar kimlar edi? (foto)


O‘zAda jurnalist Sayyora Shoyevaning O‘zbekistonga tashrif buyurgan birinchi amerikaliklar haqidagi maqola chop etildi. Quyida maqola e’tiboringizga havola etiladi.

Tarixiy manbalarga murojaat qilamiz. O‘zbekiston Respublikasi kinofotohujjatlari markaziy davlat arxivida saqlanayotgan hujjatlar bilan tanishdik.

— AQSh — O‘zbekiston aloqalari 1939-yilda boshlangani haqida fotosuratlar saqlanmoqda, – deydi arxiv fondlarini bosh saqlovchisi Umida Akromova. – To‘g‘ri, ular u qadar ko‘p emas. Lekin arxivimizda saqlanayotgan suratlarda AQShning harbiy havo kuchlari va suv osti kemalarining turli manyovrlari aks ettirilgan bo‘lib, 1939-yilda tasvirga muhrlangan.

Arxivda saqlanayotgan minglab suratlar orasidan mana shu diqqatimizni tortdi. Uning orqa tarafiga 1975-yil 28-aprel  Ibragimov olgan fotosurat deya yozilgan. U yana sovet kosmonavtlari va amerikalik astronavtlar Mirzo Ulug‘bek rasadxonasida, degan yozuv bilan to‘ldirilgan.

Ko‘pchilik turli mamlakat vakillarining hamkorlikda kosmosga uchishi “Soyuz — 19” va “Apollon” kemalaridan boshlanganini biladi. Lekin ana shunday tarixiy parvozdan oldin kosmonavt va astronavtlarning Samarqandda bo‘lib, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasini ziyorat qilgani hammaga ham ma’lum emas. Ushbu fotosurat bu sayohatni tarixga muhrlagan.

Bu amerikaliklarning ilk sayohati deganlar yanglishadi. Unga qadar ham yurtimizga bu o‘lkadan turli kasb egalari bir necha bor sayohat uyushtirgani arxiv fotosuratlarida aks etgan. Misol uchun, ulardan biri fotograf Georgiy Pun tomonidan 1953-yilda olingan. Unda AQShdan kelgan yoshlar delegatsiyasi Toshkentdagi Alisher Navoiy davlat kutubxonasida noyob kitoblar bilan tanishayotgan jarayoni fotoga muhrlangan.

Amerikalik jurnalist Petran xonimning Yangiyo‘l tumanida kolxoz raisi X. Tursunqulov bilan uchrashganiga nima deysiz? Bu voqea 1956-yilda yuz bergani fotosurat ortiga belgilab qo‘yilgan.

Amerikalik yozuvchi Uilyam Stayron 1968-yilda O‘zbekistonga kelib, Samarqandga sayohat qilgan ekan. Uning samarqandlik qizcha bilan samimiy muloqoti buni tasdiqlaydi.

Qayd etish joizki, bu yozuvchi 1925-yilda tug‘ilgan bo‘lib, uning ko‘plab asarlari o‘z o‘quvchisiga ega. Xususan, Fransiyaning eng ommabop Le Monde gazetasi 1999-yili XX asrning eng yaxshi kitoblarini aniqlash uchun so‘rov o‘tkazganda Uilyam Stayronning 1979-yilda yozilgan “Sofining tanlovi” asari ham ro‘yxatda yuqori o‘rinlarni band qilgan.

Va yana o‘n mingdan ziyod fotosuratlar saqlanayotgan kartotekada fotograf Mazur olgan suratda AQShdan kelgan sayyohlarning Toshkent tekstil kombinati vakillari bilan uchrashuvi aks ettirilgan. 1963-yilda olingan bu suratda samimiy muloqotni ko‘rish mumkin.

1971-yilda olingan bir fotosuratda AQShlik mehmonlarning Toshkent shahridagi bolalar bog‘chasining faoliyati bilan tanishayotgani aks ettirilgan.

Bu kabi fotosuratlar O‘zbekiston kinofotohujjatlari markaziy davlat arxivida juda ko‘plab topiladi...



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2018, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют