» » O‘zbekistonlik komissar ilk marotaba regbi bo‘yicha Osiyo chempionatida ishlaydi

O‘zbekistonlik komissar ilk marotaba regbi bo‘yicha Osiyo chempionatida ishlaydi


O‘zbekiston regbi federatsiyasining ijrochi direktori Anatoliy Shirov O‘zbekiston tarixida ilk marotaba Osiyo chempionati vaqtida komissar sifatida faoliyat olib boradi. Bu haqda federatsiya matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Ayni paytda o‘zbekistonlik mutaxassislar Osiyo regbi uyushmasining rivojlanish, musobaqalar va tibbiy qo‘mitalari tarkibida faoliyat olib bormoqda.

Anatoliy Shirov 16—19-may kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatining III Markaziy Divizion bellashuvlarida ishlaydi. Mazkur bahslarda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston va Pokiston kabi mamlakatlar terma jamoalari ishtirok etadi. O‘yinlarni Gonkong, Kanada, Malayziya, Singapur, Buyuk Britaniya va Iordaniya kabi mamlakatlardan tashrif buyuradigan hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Ma’lumot uchun regbi bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bir necha divizonlarda bo‘lib o‘tadi (TOP-3, I Division, II Division, III Division West, III Division East, III Division Central). O‘z divizionida yuqori o‘rinni egallagan jamoalar yuqori, past natijalar qayd etganlar esa quyi divizionlarga yo‘l oladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2018, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют