» » Osiyo regbi ittifoqi prezidenti Aga Husayn O‘zbekistonga keldi

Osiyo regbi ittifoqi prezidenti Aga Husayn O‘zbekistonga keldi


Bugun, 7-may kuni Osiyo regbi ittifoqi rahbari Aga Husayn O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasiga tashrif buyurdi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati ma’lum qildi.

Mehmonni qo‘mita bosh kotibi Jasur Matchanov kutib oldi. Uchrashuvda regbi sport turining O‘zbekistondagi taraqqiyoti, hamkorlikni yanada mustahkamlash, federatsiya uchun baza, tashkiliy va boshqa masalalar hususida so‘z bordi.

“Qabul uchun minnatdorchilik bildiraman. O‘zbekiston regbi rivojlanayotgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Ishonamanki, yaqin yillar ichida yurtingizda regbi sport turi yanada ommaviylashadi”, – dedi Aga Husayn.

Suhbat davomida Toshkentda Markaziy Osiyo regbi markazi ochilishi va bu g‘oya Osiyo regbi ittifoqi tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi ma’lum qilindi.

Uchrashuv yakunida martabali mehmonga Milliy olimpiya qo‘mitasi nomidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2018, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют