» » O‘zbek futboli afsonasi Birodar Abduraimov 75 yoshga to‘ldi

O‘zbek futboli afsonasi Birodar Abduraimov 75 yoshga to‘ldi


Bugun, 14-may sanasida O‘zbek futbolining afsonasi, “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni va “Shuhrat” medali sohibi Birodar Abduraimov 75 yoshni qarshiladi. Shu munosabat bilan O‘FA o‘zbek futboli afsonasini qutladi.

Birodar Abduraimov 1943-yil 14-may kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan bo‘lib, futbolchilik faoliyatini 1960-yili Toshkentning “Paxtakor” klubida boshlagan. Keyinchalik Rossiyaning “Spartak” va SSKA klublarida ham bir muddat to‘p surgan.

Abduraimov murabbiy sifatida ham uzoq yillar mehnat qilib, ko‘plab shogirdlarni tarbiyalab voyaga yetkazgan. U “Paxtakor”, “Shahrixon”, “Dinamo”, “Navbahor” kabi klublarda hamda O‘zbekiston milliy terma jamoasida faoliyat yuritgan.

Birodar Abduraimov “Paxtakor” futbol klubida 358 ta o‘yin o‘tkazib, ko‘p o‘yin o‘tkazish bo‘yicha rekord sohibi hisoblanadi.

Birodar Abduraimovning farzandlarini ham muxlislar kuchli futbolchi va murabbiy sifatida yaxshi taniydi. Hozirda Azamat Abduraimov O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlab kelmoqda. Jasur Abduraimov esa “Paxtakor” klubida yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2018, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют