» » Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi ro‘yxatdan o‘tkazildi

Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi ro‘yxatdan o‘tkazildi


Adliya vazirligi tomonidan Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali orqali ma’lum qilindi.

“Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoniga muvofiq, Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondini tashkil etish belgilangan edi.

Shu munosabat bilan Adliya vazirligi tomonidan Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Mazkur tashkilotning asosiy maqsadi xotin-qizlarni va oilani har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar va oilalarga, nogironligi bo‘lgan ayollarga moddiy yordam ko‘rsatish hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2018, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 104) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют