» » O‘zbekistonda madaniyat muassasalari va arxiv xodimlari maoshi 45 foizga oshiriladi

O‘zbekistonda madaniyat muassasalari va arxiv xodimlari maoshi 45 foizga oshiriladi


O‘zbekiston Prezidentining “Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish va ularni moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirildi.

Qarorga ko‘ra:

2018-yil 1-iyundan davlat madaniyat muassasalari artistlari, ma’muriy-boshqaruv, badiiy-rahbar, ijodiy va boshqa xodimlarining, shuningdek, davlat arxivlari boshqaruv xodimlari va mutaxassislarining mehnat haqi miqdorlarini o‘rtacha 45 foizga oshiriladi;

Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlarining malaka toifalari va lavozimlari bo‘yicha bazaviy lavozim maoshlarini belgilashni nazarda tutuvchi mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish hamda lavozim maoshlari o‘rtasidagi tafovutni ko‘paytirish hisobiga kasbiy o‘sish rag‘batlantiriladi;

O‘zbekiston davlat sirki, hayvonot bog‘lari, Madaniyat vazirligining ko‘zi ojizlar uchun kutubxonalari hamda davlat arxivlari xodimlarining alohida toifalariga teatr-konsert tashkilotlarining artistlari va badiiy xodimlariga uzoq muddat xizmat qilganligi uchun belgilangan miqdorlarda har oyda taqdirlash puli to‘lanadi.

Mehnatga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimi joriy etilishi va uzoq muddat xizmat qilganligi uchun har oyda taqdirlash puli to‘lanishi bilan bog‘liq xarajatlar byudjet mablag‘lari va tegishli davlat madaniyat muassasalari hamda davlat arxivlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

2018-yil 1-iyundan konsert-tomosha ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan, yuridik va jismoniy shaxslarni (shu jumladan, norezidentlarni) jalb etish yo‘li bilan ommaviy tomosha tadbirlarini tashkil etishdan daromadlar oladigan mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi 30 foizdan 5 foizgacha pasaytiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2018, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют