» » Xitoyning O‘zbekistondagi elchisi “Bir makon, bir yo‘l” loyihasi istiqbollari haqida gapirdi

Xitoyning O‘zbekistondagi elchisi “Bir makon, bir yo‘l” loyihasi istiqbollari haqida gapirdi


Joriy yilda “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi ilgari surilganining 5 yilligi nishonlanmoqda, deb yozadi Sputnik.

“Besh yil davomida xalqaro jamoatchilikning faol qo‘llab-quvvatlashi va ishtiroki tufayli ‘Bir makon, bir yo‘l’ qurilishida zo‘r natijalarga erishildi”, — deydi Xitoyning O‘zbekistondagi elchisi Szyan Yan.

Elchining so‘zlariga ko‘ra, “Ayni vaqtda 100 dan ziyod mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar ushbu buyuk ishga jalb etilgan. Shulardan 69 tasi Xitoy bilan hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolagan”.

“Bu katta qiziqish — loyiha barcha mamlakatlar manfaatlariga tamomila mos tushganligini bildiradi. Ushbu loyiha tufayli barcha mamlakatlar farovonligi ortadi. Avvaliga Xitoy tomonidan ilgari surilgan ushbu tashabbus endilikda butun dunyo bo‘ylab o‘z mevasini bermoqda”, — dedi diplomat.

Szyan Yan shuningdek, O‘zbekiston Buyuk Ipak yo‘lidagi muhim bog‘lovchi tugun ekanligini, aynan O‘zbekiston ushbu loyiha tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan birinchi davlatlardan biri bo‘lganligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, O‘zbekistondagi Xitoy elchisi bu yil XXR ochiq siyosatning 40 yilligini nishonlashini, mana shu yillar tajribasi faqatgina ochiqlik siyosati taraqqiyotga xizmat qilishini ko‘rsatganini aytib o‘tdi.

“Xitoy va O‘zbekiston hamkorlik borasidagi salohiyati va istiqboli nihoyatda ulkan. Xitoy tomoni ‘Bir makon bir yo‘l’ qurilishi doirasida O‘zbekiston bilan hamkorlikni mustahkamlashga umid bildiradi”, — dedi diplomat.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2018, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют