» » O‘zbekistonda “Xavfsiz shahar” tizimini joriy qilish uchun tayyorlash muddatlari tasdiqlandi

O‘zbekistonda “Xavfsiz shahar” tizimini joriy qilish uchun tayyorlash muddatlari tasdiqlandi


Vazirlar Mahkamasi qarori bilan “Xavfsiz shahar” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha bosqichma-bosqich chora-tadbirlar va yagona texnologik yondashuv tasdiqlandi, deb yozadi Spot.

1-oktabrgacha “Xavfsiz shahar” tizimini yaratish va yanada rivojlantirish bo‘yicha yangi konsepsiyaning kelishilgan loyihasi “Xavfsiz shahar” apparat-dasturiy kompleksi loyihasini amalga oshirishni muvofiqlashtirish komissiyasiga kiritiladi. 1-dekabrgacha esa “Xavfsiz shahar” ADKni yaratish va rivojlantirish bo‘yicha bosh texnik topshiriq ishlab chiqiladi.

“Xavfsiz shahar” ADKni yaratish bo‘yicha bosh texnik topshiriq tasdiqlangandan keyin ikki oy muddatda “Xavfsiz hudud”, “Xavfsiz turizm”, “Xavfsiz dam olish”, “Samarqand shahridagi 112 yagona navbatchilik-dispetcherlik xizmati”, “Xavfsiz transport” loyihalarini amalga oshirish dasturi tasdiqlanadi.

O‘sha paytda kuzatuv vositalarini loyihalashtirish, o‘rnatish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish, shu jumladan videokuzatuv sohasidagi faoliyatni yo‘lga qo‘yish ishlarini tartibga solish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2018, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют