» » Donald Tramp turmush o‘rtog‘idan xabar olish uchun shifoxonaga bordi

Donald Tramp turmush o‘rtog‘idan xabar olish uchun shifoxonaga bordi


AQSh prezidenti Donald Tramp 14-may kuni buyragini operatsiya qildirgan Melaniya Trampning ahvolidan xabar olish uchun Walter Reed nomidagi milliy harbiy-tibbiy markaziga bordi. Bu haqda Forum Daily xabar berdi.

Taassurotlari haqida Donald Tramp o‘zining Twitter mikroblogida yozdi:

“Birinchi xonim o‘zini yaxshi his qilyapti. 2 yoki 3 kundan keyin shifoxonadan chiqadi. Qo‘llab-quvvatlayotganingiz uchun tashakkur!”

14-may, dushanba kuni Melaniya Tramp buyragida bezarar o‘simta paydo bo‘lgani uchun embolizatsiya muolajasini boshdan kechirdi.

Melaniya Trampning matbuot xizmati xabar berishicha, muolaja muvaffaqiyatli va asoratlarsiz o‘tgan.

OAV e’tiborini jalb qilmaslik uchun operatsiya vaqtida Donald Tramp Oq uyda qolgan. Biroq operatsiyadan bir necha soat o‘tgach, birinchi xonimning holidan xabar olish uchun borgan. Bu haqda prezident 14-may, dushanba kunining ikkinchi yarmida o‘zining Twitter mikroblogida ma’lum qilgan:

“Muolaja muvaffaqiyatli o‘tdi, hozir uning kayfiyati a’lo darajada. Hammaga rahmat!”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2018, 14:52)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют