» » “Zarif aka, qo‘nolmaymiz”. Suratga olish ishlari boshlanmagan “101-reys” filmining ilk tizeri e’lon qilindi (video)

“Zarif aka, qo‘nolmaymiz”. Suratga olish ishlari boshlanmagan “101-reys” filmining ilk tizeri e’lon qilindi (video)


“O‘zbekkino” MA buyurtmasi bilan rejissor Akrom Shaxnazarov hamda prodyuser Ravshan Norbayev tomonidan suratga olinayotgan “101-reys” filmining suratga olish ishlariga tayyorgarlik jarayonlari davom etmoqda.

Film ijodkorlari hali suratga olish ishlari boshlanmagan “101-reys” filmining ilk tizerini e’lon qilishdi. Bu haqda film prodyuseri Ravshan Norbayev “Daryo” muxbiri Feruz Muhammadga ma’lum qildi.

So‘nggi vaqtlarda juda ham ko‘plab kino muxlislarida “101-reys” filmi  haqida “101-reys” qanday film, samolyot haqida film ishlayapsizlarmi, film nima haqida”, mazmunidagi savollari ko‘paygan edi. Ushbu savollarga dastlabki tushunchani berish uchun, dunyo standartlariga muvofiq, suratga olish ishlariga tayyorgarlik jarayonida, filmning dastlabki tizerini ishladik.

Filmda bu kadrlardanda ortiqroq darajadagi kadrlar, epizodlar bo‘ladi. Hozircha ikkinchi bosh qahramon roliga mahoratli aktyor Javohir Zokirov tasdiqlandi. Film bosh qahramoni Zarxo‘ja Saidazimov roliga esa beshta aktyordan foto hamda video sinovlar o‘tkazdik.

Ochig‘i, film bosh qahramoni roliga aynan qaysi aktyorni tanlash borasida tugal fikrga kelolmayapmiz. Shuning uchun, film bosh qahramoni rolini tasdiqlashni ommaviy so‘rovnomalar o‘tkazish bilan muxlislar ixtiyoriga qoldirmoqchimiz. Tez orada bosh qahramon rolini qaysi aktyor ijro etishini ommaviy so‘rovnomalar natijasiga qarab ma’lum qilamiz. “101-reys” filmning suratga olish ishlariga tayyorgarlik  hamda kasting jarayonlari davom etmoqda.

Ravshan Norbayev, “101-reys” filmi prodyuseri

Ma’lumot uchun, “101-reys” badiiy filmi real voqeaga asoslangan bo‘lib, unda 2001-yil AQShning Nyu-York shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida Shimoliy Amerika havo hududida qiyin vaziyatda qolgan – bortida 180 nafar yo‘lovchi bo‘lgan “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasiga qarashli Boeing-757 samolyotining 101-reys ekipaji ko‘rsatgan jasorat haqida hikoya qilinadi.

Film postanovkachi rejissor — Akrom Shaxnazarov, bosh prodyuser — Ravshan Norbayev hamda Erkin A’zam badiiy rahbarligida suratga olish ishlariga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют