» » Isroil G‘azo sektoridagi HAMAS obyektlariga aviazarba berdi

Isroil G‘azo sektoridagi HAMAS obyektlariga aviazarba berdi


Isroil harbiy-havo kuchlari G‘azo sektorining shimoliy qismidagi HAMAS obyektlariga yahudiylar mamlakati pozitsiyasining o‘qqa tutilishiga javoban zarba berdi, deb xabar beradi “TASS”.

“Bir necha daqiqa oldin bizning qiruvchilarimiz G‘azo sektorining shimoliy qismidagi HAMAS obyektlariga zarba berdi.

Ulardan to‘rttasi terrorchilarning harbiy majmuasiga tegishli. Yana uchtasi esa qurol ishlab chiqarish bilan bog‘liq. Hujum Isroilning Sderot shahriga pulemyotdan o‘q uzish harakatiga javoban amalga oshirildi”, — deyiladi Isroil armiyasi xabarida.

14-may, dushanba kuni G‘azo sektorida isroillik harbiylar va Falastin aholisi o‘rtasida ziddiyatli to‘qnashuv yuz berdi. To‘qnashuvlar oqibatida 60 nafar Falastin fuqarosi halok bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2018, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют