» » Isroil raketa otilishiga javoban G‘azo sektoridagi HAMAS mashg‘ulot lageriga zarba berdi

Isroil raketa otilishiga javoban G‘azo sektoridagi HAMAS mashg‘ulot lageriga zarba berdi


Isroil mudofaa armiyasi samolyoti 18-dekabr kuni yahudiylar mamlakati hududiga raketa otilishiga javoban G‘azo sektorining shimoliy qismida joylashgan HAMAS mashg‘ulot lageriga  zarba berdi, deb yozadi “TASS”.

“Isroil janubi bo‘ylab uchirilgan raketalarga javoban mamlakat harbiy-havo kuchlari G‘azo sektorining shimoliy qismida joylashgan HAMAS mashg‘ulot lageriga  zarba berdi. Lager hududidagi uchta tuzilma, shuningdek terrorchilik infratuzilmasining qo‘shimcha elementlariga zarar yetkazildi”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, armiya vakillari “HAMAS terrorchilik tashkilotini G‘azo sektoridan amalga oshirilgan istalgan adovatli harakatga javobgar deb hisoblashini” ham qo‘shimcha qilgan.

G‘azo sektoridan uchirilgan ikki raketa 17-dekabr, yakshanba kuni Isroil janubidagi Xof-Ashkelon kengashi hududida portlagan.

Birinchi raketa aholi yashash joyidagi uylardan biriga zarar yetkazib, uning hovlisida portlagan. Ikkinchi raketa esa aholi yashamaydigan hududga tushgan.

Опубликовано: admin (18-12-2017, 11:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют