» » Toshkent viloyatida birovning uyini sotib, pul ishlashga uringan firibgar qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida birovning uyini sotib, pul ishlashga uringan firibgar qo‘lga olindi


O‘zganing xonadonini aldab sotishni maqsad qilgan firibgarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda “Daryo”ga Toshkent viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 15-may kuni Chirchiq shahrida yashovchi, 1984-yilda tug‘ilgan uy bekasi R. Eshonqulova ariza bilan murojaat etgan. Arizasida u Bo‘stonliq tumanida yashovchi 1996-yilda tug‘ilgan M. Sayfullohojiyev 2017-yil noyabrida Chirchiq shahridagi o‘ziga tegishli bo‘lmagan xonadonni sotishini aytib, undan 5.300 dollar olgani va shu kunga qadar qaytarib bermaganini ma’lum qilgan.

Holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan JKning 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

M. Sayfullohojiyevni boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2018, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют