» » Toshkent IIBB: Bizda Isuzu avtobusining Tolariqqa qulashiga Nexia sabab bo‘lgani haqida ma’lumot yo‘q

Toshkent IIBB: Bizda Isuzu avtobusining Tolariqqa qulashiga Nexia sabab bo‘lgani haqida ma’lumot yo‘q


Toshkent shahrining Yashnobod tumanida 119-yo‘nalish bo‘ylab harakatlanuvchi Isuzu yo‘lovchi avtobusi Tolariq arig‘iga qulagan edi. Avtobus ishtirokida ushbu yo‘l-transport hodisasi yuz bergan vaqtda uning salonida, haydovchidan tashqari, 20 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Hodisa oqibatida faqat haydovchi jarohat olgan.

Dastlab tarqatilgan xabarlarda soatiga 27 kilometr tezlik bilan harakatlanib ketayotgan avtobusning yo‘liga kutilmagan fil suyagi rangli Nexia chiqib kelgani, oqibatda avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, ariqqa qulagani aytilgandi. Hatto shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi (YHXB) YTHga sababchi Nexia’ni izlayotgani ma’lum qilingan edi.

Toshkent shahar IIBB tomonidan 17-may, payshanba kuni o‘tkazilgan brifingda ushbu YTH bilan bog‘liq vaziyatga to‘xtalib o‘tildi. Bosh boshqarma axborot multimedia markazi vakillarining shahar YHXBga asoslanib ma’lum qilishlaricha, “YTHga Nexia rusumli mashina sabab bo‘lgani haqida ma’lumot yo‘q”.

Ta’kidlashlaricha, hozirgi vaqtda ushbu avariya yuzasidan dastlabki tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qayd etishlaricha, aynan shu yo‘l-transport hodisasidan so‘ng “Toshshahartransxizmat” kompaniyasi o‘zi tasarruf etadigan avtobuslarni bosqichma-bosqich videoregistratorlar bilan ta’minlash haqida qaror qabul qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2018, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют