» » Bosh prokuratura Prezident topshiriqlarini vaqtida bajarmagan 51 nafar mansabdorni javobgarlikka tortdi

Bosh prokuratura Prezident topshiriqlarini vaqtida bajarmagan 51 nafar mansabdorni javobgarlikka tortdi


Bosh prokuraturaning Prezident qarorlari ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi tomonidan davlat rahbari qaror va topshiriqlari ijrosi muntazam ravishda joylarga chiqib o‘rganilmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tekshirishlar davomida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etgan 36 ta qaror va topshiriqlar ijrosi bajarilishi ta’minlandi.

Asosiy e’tibor Prezident qaror va topshiriqlarining vaqtida, to‘liq va sifatli ijro etilishiga hamda mansabdor shaxslarning mas’uliyatini yanada oshirishga qaratildi. Tekshirishlar natijasiga ko‘ra, 51 nafar mansabdor shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi hamda qo‘pol qonun buzilish holatlari yuzasidan 3 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

17 ta tadbirkorlik subyektiga 53,3 milliarrd so‘m va 4,3 million AQSh dollari miqdorida kredit, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun 11,4 gektar yer maydoni ajratilishi hamda 26 milliard so‘mdan ortiq miqdordagi kredit mablag‘larining qaytarish muddatini uzaytirishga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tadbirlarini amalga oshirish uchun 55,2 mlrd. so‘m ajratilishi ta’minlandi.

Bu yo‘nalishdagi nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют