» » Putin “Kortej” loyihasidagi mashinalarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriq berdi

Putin “Kortej” loyihasidagi mashinalarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriq berdi


Vladimir Putin “Rostex” davlat korporatsiyasining rahbari Sergey Chemezov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda “Kortej” loyihasiga kiruvchi avtomobillarini ommaviy ishlab chiqarish lozimligini ta’kidladi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Shuningdek, Rossiya prezidenti istalgan odam bu turdagi mashinalarni sotib olishi mumkinligiga umid bildirdi. Chemezov o‘ziga ko‘plab badavlat insonlar qo‘ng‘iroq qilib, “Kortej” avtomobilini sotib olish niyatida ekanliklarini ma’lum qildi.

Putinning fikricha, “Korjet” liniyasidagi mikroavtobuslar ham yaxshi chiqqan: ulardan bolali oilalar foydalanishi mumkin.

Shuningdek, prezident inauguratsiya vaqtida foydalanilgan hukumat limuzini haqida ham ijobiy fikr bildirdi.

Chemezovning ma’lum qilishicha, “Kortej” loyihasidan nafaqat limuzin, sedan va minivenlar, balki mototsikllar ham o‘rin oladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2018, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют