» » 24–25-may kunlari O‘zbekistonda kitob bayrami o‘tkaziladi

24–25-may kunlari O‘zbekistonda kitob bayrami o‘tkaziladi


O‘zbekiston Prezidentining “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan 24–25-may kunlari “Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish — buyuk maqsadlarimizga erishishning muhim kafolatidir” shiori ostida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlari hamda Toshkent shahrida respublika “Kitob bayrami” tadbirlari o‘tkaziladi. Bu haqda “Daryo”ga agentlik matbuot xizmat xabar qildi.

Kitob bayramidan ko‘zlangan asosiy maqsad — kitobning jamiyat ma’naviy-ma’rifiy hayotidagi o‘rnini yanada oshirish, buyuk ajdodlarning yorqin xotirasini, zamona qahramonlari timsolini haqqoniy va xalqchil aks ettiruvchi adabiyotlar salmog‘ini oshirishda adib va noshirlarni qo‘llab-quvvatlash, yosh avlodni intellektual rivojlangan, jismonan sog‘lom va ma’nan barkamol qilib voyaga yetkazishda kitobning o‘rni va ahamiyatini yanada yuksaltirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishdir.

Ikki kun davomida bo‘lib o‘tadigan tadbir doirasida:

Poytaxt markazi — Sayilgoh ko‘chasida, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlar markazlarida respublika nashriyotlari tomonidan kitob mahsulotlari ko‘rgazmalari tashkil etiladi;

“Namunali kitob do‘koni” tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkaziladi, turli xil so‘rovnoma va aksiyalar o‘tkaziladi;

Kitob bayrami kunlarida shuningdek, mushoiralar, adabiy uchrashuvlar, shaxmat va shashka musobaqalari ham tashkil qilinadi;

Taniqli san’atkorlar va yosh iste’dod sohiblari shuningdek, Respublika yosh tomoshabinlar teatri va Respublika qo‘g‘irchoq teatrining hamda turli bolalar san’at guruhlarining “Kitobsevarlarni qutlaymiz!” nomli chiqishlari uyutiriladi;

“Eng yaxshi kitobxon oila”, “Eng yaxshi kitobxon”, “Yosh kitobxon” kabi sovrinli viktorinalar va “Kitob o‘qishni yoqtirasizmi?” mavzuida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkaziladi;

Kitob bayrami qatnashchilari hisoblangan nashriyotlar, ijodiy uylar va matbaa korxonalari o‘rtasida “Eng faol ishtirokchi” hamda “Eng yaxshi stend” nominatsiyalarida tanlov o‘tkaziladi va g‘oliblar tashkilotchilar tomonidan taqdirlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2018, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют