» » O‘zbekistonda internet-do‘konlardan yetkazish xizmatini rivojlantirish rejasi tasdiqlandi

O‘zbekistonda internet-do‘konlardan yetkazish xizmatini rivojlantirish rejasi tasdiqlandi


2019—2020-yillarda O‘zbekistonda internet-do‘konlar uchun logistik infrastruktura yaratiladi. Bu “Elektron tijoratni tez sur’atlarda rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarorining ilovasida nazarda tutilgan, deb xabar beradi Spot.

2019-yil 1-iyuliga qadar FedEx, DHL, UPS va boshqa kompaniyalar bilan O‘zbekistonda ularning mintaqaviy xablarini yaratish masalasi ko‘rib chiqiladi. Bu elektron tijorat orqali keladigan tovarlar eksportini ko‘paytirishi kutilmoqda.

2019-yil 1-oktabriga qadar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi va “O‘zavtotrans” internet-do‘konlardan yetkazish xizmatini rivojlantirish choralarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.

2020-yil 1-apreliga qadar tasdiqlanadigan normativ aktga binoan logistik infrastruktura yaratilib, davlat-xususiy hamkorligi yo‘lga qo‘yiladi, mintaqaviy logistik markazlar paydo bo‘ladi, bu bilan uzoq mintaqalar aholisi internet-do‘konlar orqali mahsulot sotib olishi ta’minlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2018, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют