» » “Bolajonlar-shirintoylar” bolalar moda festivali finali 30-may — 1-iyun kunlari o‘tkaziladi

“Bolajonlar-shirintoylar” bolalar moda festivali finali 30-may — 1-iyun kunlari o‘tkaziladi


Toshkentdagi Yoshlar ijod saroyida 30-may — 1-iyun kunlari “Bolajonlar-shirintoylar” respublika bolalar moda festivali namoyishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda tadbir tashkilotchilaridan biri — “Osiyo ramzi” dizaynerlar uyushmasi “Daryo”ga ma’lum qildi.

Festivalning yanvar oyida bo‘lib o‘tgan birinchi bosqichida 100 ga yaqin dizaynerlarning model eskizlari va kolleksiya uchun matolari tasdiqlangan edi. Ikkinchi bosqichda esa ishtirokchilar kolleksiyaning yakuniy konsepsiyalarini taqdim etdi. Bosqich yakunlariga ko‘ra, 30 nafar dizayner keyingi bosqichga yo‘l oldi.

11-may kuni festivalning yakuniy saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda 2 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan, turli yo‘nalishdagi 21 kolleksiya saralab olindi. O‘zbekistonning yetakchi dizaynerlari tomonidan ishlab chiqilgan kolleksiyalarni 2 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan oraliqdagi 150 ga yaqin yosh maneken bolalar va qizlar namoyish etib berdi.

30-maydan 1-iyunga qadar festivalning yakuniy shou-namoyishi bo‘lib o‘tadi, unda nafaqat liboslar taqdimoti, balki o‘zbek estrada yulduzlari ishtirokidagi tomoshalar tashkil etilishi ham ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun, “Bolajonlar-shirintoylar” bolalar moda festivali O‘zbekistonda 2000-yildan beri o‘tkazib kelingadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2018, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют