» » Namanganda deputat aralashuvidan so‘ng aholini suyultirilgan gaz bilan ta’minlash markazi ish boshladi

Namanganda deputat aralashuvidan so‘ng aholini suyultirilgan gaz bilan ta’minlash markazi ish boshladi


Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-avgustdagi bayonnomasiga asosan Namangan tumani aholisining tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minoti bo‘yicha mavjud muammo va kamchiliklarini bartaraf etish yuzasidan manzilli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Mazkur rejaning 3-bandida tumandagi Navbahor (sobiq G‘alcha) qishlog‘i tuman markazidan uzoqda joylashganligi uchun ushbu hududga suyultirilgan gaz yetkazib berishda muammolar vujudga kelayotganligi sababli qishloqning “Saxovat” mahallasida aholini suyultirilgan gaz bilan ta’minlash “Servis markazi” qurilishi belgilangan.

Shunga asosan tuman hokimining 2017-yil 11-avgustda “Servis markazi” qurilishi uchun yer ajratib berish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. 2017-yilda ushbu obyektda “O‘ztransgaz” AJ buyurtmasiga asosan pudratchi “Yantar qurilish montaj” MChJ tomonidan qurilish ishlari yakunlandi.

“Saxovat” MFYda yashovchi bir guruh fuqarolar “Servis markazi”ni tezroq ishga tushirish yuzasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Ibrohim Hojiyevga murojaat qildi. Uzoq tortishuv va bahslardan so‘ng viloyat gaz ta’minoti boshqarmasi tomonidan “Servis markazi”ga yangi shtat birliklari ajratildi.

Ushbu “Servis markazi” foydalanishga topshirilishi natijasida “Qo‘shchinor”, “Namuna”, “Saxovat”, “Navro‘z”, “Qo‘qonqishloq”, “Ravnaq”, “Eshobod”, “Qurama”, “G‘ayrat” va “Qumqo‘rg‘on” mahallalarida yashovchi 2568 xonadonning suyultirilgan gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammolariga barham berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2018, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют