» » “Barselona-1992” Olimpiadasi chempioni Andrey Abduvaliyev O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasiga prezident bo‘ldi

“Barselona-1992” Olimpiadasi chempioni Andrey Abduvaliyev O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasiga prezident bo‘ldi


Bugun, 22-may kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi qo‘mita axborot xizmati.

Konferensiyaning asosiy masalasi O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasiga yangi prezident va bosh kotibni saylab olish bo‘ldi.

O‘zbekistonda yengil atletika sohasidagi tajribasi va ko‘p yillik mehnati inobatga olinib, Andrey Abduvaliyev nomzodi federatsiya prezidentiliga ilgari surildi. Delegatlar bir ovozdan Abduvaliyev nomzodini qo‘llab-quvvatlagan. Shu tariqa Andrey Abduvaliyev Yengil atletika federatsiyasining yangi rahbari etib saylandi.

Ma’lumot uchun Andrey Abduvaliyev 1966-yilda tug‘ilgan. MDH birlashgan terma jamoasi safida 1992-yilgi Olimpiya o‘yinlarida chempionlikni qo‘lga kiritgan. 2000-2012-yillar davomida O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasining bosh kotibi lavozimida faoliyat olib borgan.

Mamlakat yengil atletika federatsiyasi bosh kotibi sifatida faoliyat yuritib kelgan Kamoliddin Nurmuhammedov esa lavozimiga qayta saylandi. Yangi rahbariyat oldiga sportning ushbu turini rivojlantirish, oldinda turgan nufuzli musobqalarda muvaffaqiyatli natijalar qayd etish vazifasi qo‘yildi, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2018, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют