» » Hindistonda odamning o‘limiga olib keladigan darajada xavfli infeksiya qayd etildi

Hindistonda odamning o‘limiga olib keladigan darajada xavfli infeksiya qayd etildi


Hindiston janubida kamida to‘qqiz kishi miya shamollashini va respirator kasalliklarini keltirib chiqaruvchi va o‘limga olib keladigan darajada xavfli Nipax virusi infeksiyasidan vafot etdi, deb yozadi Science Alert. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti infeksiyani global epidemiyani keltirib chiqaruvchi infeksiyalar ro‘yxatiga kiritdi.

Nipax virusi 1999-yilda Malayziyada kasallik avj olgan vaqtda aniqlangan. Uni tashuvchilar — ko‘rshapalaklarning ayrim turlari. Infeksiya Avstraliya, Bangladesh, Hindiston, Xitoy, Tailand va Afrikada uchraydi. Kasallik ko‘rshapalakdan boshqa hayvonlarga, shu jumladan, cho‘chqa va odamga o‘tishi, shuningdek, odamdan-odamga so‘lak orqali yuqishi mumkin. Ayni paytda kasallikka qarshi dori va vaksinalar yo‘q, kasallikni yuqtirganlarning 40—75 foizi vafot etadi.

Virusning yangi avji Hindistonning Kerala shtatidagi Kojikod shahrida sodir bo‘ldi.

Kasallik simptomsiz kechishi mumkin, ammo ko‘pincha ensefalit rivojlanadi. Bemorlar mushaklarning zaifligi, tomoqdagi o‘riq, yuqori haroratdan shikoyat qiladi, so‘ng markaziy asab tizimining zararlanishi belgilari paydo bo‘lib, bu koma bilan tugaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2018, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют