» » Toshkentda intellektual mulkni baholash va tijoratlashtirish masalalariga bag‘ishlangan milliy seminar bo‘lib o‘tdi

Toshkentda intellektual mulkni baholash va tijoratlashtirish masalalariga bag‘ishlangan milliy seminar bo‘lib o‘tdi


Toshkent shahridagi Hyatt Regency mehmonxonasida O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi va Butunjahon intellektual mulk tashkiloti hamkorligida intellektual mulkni baholash va tijoratlashtirish masalalariga bag‘ishlangan milliy seminar-trening o‘z ishini davom ettirmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

O‘zA muxbiri anjumanda ishtirok etgan mazkur xalqaro tashkilot vakilining fikr-mulohazalarini taqdim etdi.

Bugungi anjuman juda qiziqarli va fikr-mulohazalarga boy bo‘lmoqda. Maqsadimiz soha bo‘yicha amalga oshirilayotgan yangiliklar, yutuqlar bilan tanishish hamda bilim va tajriba almashishdir.

Butunjahon intellektual mulk tashkilotining vazifalaridan biri butun dunyoda davlatlar o‘rtasida kelishuv va bitimlar asosida intellektual mulkni himoya qilishni muvofiqlashtirish va har xil shartnoma hamda konvensiyalarning ma’muriy boshqaruvini ta’minlashga qaratilgan.

Bugungi kunda ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy ta’lim muassasalarida nomoddiy aktivlarni baholash hamda intellektual mulkni tadqiqotlar natijalarini boshqarish vositasi sifatida baholash masalasi dolzarb sanaladi. Bunda qimmatli nomoddiy aktivlarni qanday baholash, nomoddiy aktivlarni sifat jihatdan baholashga qaratilgan turli yondoshuvlardan foydalanib darajalarga ajratish maqsadga muvofiqdir.

Anjuman ishtirokchilariga tashkilotimiz faoliyati va amalga oshirayotgan loyihalari, intellektual mulkni baholash bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar haqida ma’lumotlar berdim. Shu bilan birga, yurtingizda sohada amalga oshirilayotgan ishlar ham e’tiborlidir. O‘ylaymanki, ikki tashkilot o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik amaliy natijalarga boy bo‘ladi.

Olga Spasich, Butunjahon intellektual mulk tashkilotining Kichik va o‘rta korxonalar va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi maslahatchisi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2018, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют