» » O‘zbekiston va Jahon intellektual mulk tashkiloti hamkorlikni faol rivojlantirmoqchi

O‘zbekiston va Jahon intellektual mulk tashkiloti hamkorlikni faol rivojlantirmoqchi


O‘zbekiston Adliya vaziri Ruslanbek Davletov va Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz direktori Akmal Saidov rahbarligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Jahon intellektual mulk tashkiloti (JIMT) bosh direktori Frensis Garri bilan uchrashdi, deb yozadi UzDaily.

Frensis Garri O‘zbekiston va JIMT o‘rtasidagi hamkorlikning joriy holatidan qoniqish bildirib, tashkilotning uni har tomonlama yanada mustahkamlash va rivojlantirishdan manfaatdorligini bildirdi.

Uchrashuv chog‘ida hamkorlikdan amaliy natijalarga erishish uchun tomonlarning barcha imkoniyatlarini ishga solish borasida kelishuvga erishildi.

Intellektual mulk sohasida malakali kadrlarni tayyorlash, milliy salohiyatni oshirish, ushbu sohaning JIMT xalqaro me’yorlariga muvofiq rivojlanish barqarorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan bir qator qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish ko‘zda tutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2018, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют