» » Avstraliya fuqarosi nevarasini qutqarish uchun zaharli ilonga o‘zini chaqtirdi

Avstraliya fuqarosi nevarasini qutqarish uchun zaharli ilonga o‘zini chaqtirdi


Avstraliyalik erkak nevarasini qutqarish uchun dunyodagi eng zaharli ilonlardan biriga o‘zini chaqtirdi, deb yozadi Daily Mail.

Kris Xarrison hovlida nevarasi bilan o‘tirganida, to‘rsimon jigarrang ilonni ko‘rib qoldi. Uning rafiqasi qizchani ko‘tarib olishga ulgurdi, erkak esa nevarasi va ilon o‘rtasida turib oldi. “Men nevaramdan kattaroqman va og‘riqni ko‘tara olaman, u esa — yo‘q”, — deya aniqlik kiritdi erkak.

Ilon Xarrisonning oyog‘idan chaqib olgan, u o‘tkir og‘riqni his qilgan. Shundan so‘ng erkak uyiga kirib, tez yordamni kutgan.

Erkakning aytishicha, bir necha oy avval ham uni xuddi shu joyda boshqa bir ilon chaqib olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2018, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют