» » “Monako” hujumchisi Radamel Falkaoga 16 oylik qamoq jazosi tayinlandi, qo‘shimchasiga u 9 mln yevro jarima to‘laydi

“Monako” hujumchisi Radamel Falkaoga 16 oylik qamoq jazosi tayinlandi, qo‘shimchasiga u 9 mln yevro jarima to‘laydi


“Monako”ning kolumbiyalik hujumchisi Radamel Falkaoga soliqlardan qochgani uchun qattiq jazo tayinlandi, deb yozadi “Sports.ru”.

Qayd etilishicha, Falkaoga 16 oylik qamoq jazosi va 9 million yevro miqdorida jarima belgilangan.

Ammo ispan qonunchiligiga ko‘ra faqatgina ikki yildan ortiq muddatga qamalganlar jazoni qamoqxonada o‘taydi, shu boisdan Radamel faqat belgilangan jarimani to‘laydi, xolos.

Madridning “Atletiko” klubida 2011-yildan 2013-yilgacha faoliyat olib borgan Falkao o‘z daromadlari haqida yolg‘on ma’lumotlarni taqdim etish hamda 5 million yevrodan ortiq miqdordagi moliyaviy firibgarliklarni amalga oshirishda aybdor deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2018, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют