» » Tashqi savdo vaziri Yevropa Ittifoqi Kengashi delegatsiyasi bilan uchrashdi

Tashqi savdo vaziri Yevropa Ittifoqi Kengashi delegatsiyasi bilan uchrashdi


23-may, chorshanba kuni Tashqi savdo vazirligida Yevropa Ittifoqining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha Kengashi ishchi guruhi delegatsiyasi bilan muzokaralar o‘tkazildi. Bu haqda Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Muzokaralar davomida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish masalasi muhokama qilindi.

Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonning savdo-iqtisodiy sohadagi asosiy hamkorlaridan biridir. 2017-yili Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar bilan tovar ayirboshlash hajmi 2,5 milliard AQSh dollarini tashkil qildi. Jumladan, 420,7 million AQSh dollari eksport hissasiga to‘g‘ri keladi.

“Yevropa Ittifoqi bilan savdo aloqalarini yaxshilashning yo‘llaridan biri — Plyus preferensiyalarning (imtiyozlar) asosiy dasturi (GSP+) doirasida O‘zbekistonga bir taraflama imtiyozlar taqdim qilinishi. Hozirda O‘zbekiston nisbatan Preferensiyalarning asosiy dasturidan (GSP) foydalanmoqda. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Yevropa Ittifoqiga bojxona to‘lovlarisiz 3000 ta tovar pozitsiyalarini va kamaytirilgan stavkalar asosida 3200 ta tovar pozitsiyalarini yuborishi mumkin. Agar GSP+ dasturi bo‘yicha imtiyozlar taqdim qilinsa, O‘zbekiston 6200 ta tovar pozitsiyalarini bojsiz ayirboshlash imkonini qo‘lga kiritadi”, — dedi Tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev.

Shuningdek, vazir Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tomonidan tekstil mahsulotlarining ikki taraflama savdosi to‘g‘risidagi kelishuvga amalga qilinishi O‘zbekiston uchun muhim ekanini ta’kidladi. Biroq Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi protokolning imzolanganiga bir yil bo‘lganiga qaramasdan, YeI mamlakatlari O‘zbekiston tomonidan tekstil mahsulotlarining yetkazib berilishida qiyinchiliklar yaratmoqda. Muzokaralar davomida YeI vakillari bojxona xizmatlari va a’zo mamlakatlarning hukumatlariga tekstil to‘g‘risidagi protokolning shartlarini tushuntirish masalasini ko‘rib chiqishga va’da berdi.

Shuningdek, Jamshid Xo‘jayev logistika tizimining muhimligini ta’kidladi. Aloqalarni yaxshilash uchun vazir TRASEKA transport korridorini rivojlantirish va texnologik kamchiliklarni tugatishni taklif qildi.

“O‘zbekiston-YeI” hamkorlik qo‘mitasi va uning qoshidagi iqtisodiyot, savdo va investitsiyalar qo‘mitasining 6—8-iyun kunlari Bryusselda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik boshlangan. Unda ikki taraflama va mintaqaviy hamkorlik masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2018, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют