» » O‘zbekiston va Tojikiston Ichki ishlar vazirlari hamkorlik bo‘yicha kelishuv hujjatlarini imzoladi

O‘zbekiston va Tojikiston Ichki ishlar vazirlari hamkorlik bo‘yicha kelishuv hujjatlarini imzoladi


O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov mamlakatda bo‘lib turgan tojikistonlik hamkasbi Ramazon Hamro Raximzoda bilan terrorizm, ekstremizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, noqonuniy migratsiya, odam savdosiga qarshi kurash va tezkor axborot almashishni faollashtirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Muhokama qilingan masalalar har ikki qardosh mamlakat ichki ishlar organlarining asosiy vazifalaridan biri bo‘lib qolishini ikki davlat idora rahbarlari alohida qayd etdi. Uchrashuv davomida boshqa muhim masalalar ham muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuv doirasida ikki tomonlama hamkorlik masalalari yuzasidan kelishuv hujjatlari imzolandi. Muzokaralar o‘zaro ishonch, do‘stona va ishchan muhitda o‘tdi.

Tojikistonlik mehmonlar Xorazm viloyatiga tashrif buyurib, Xivaning diqqatga sazovor joylari bilan tanishdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2018, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 44) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют