» » Roman Abramovich Isroil fuqaroligini oladi

Roman Abramovich Isroil fuqaroligini oladi


24-may, payshanba kuni rossiyalik tadbirkor Roman Abramovichning Isroilga fuqarolik olish uchun borishi ma’lum qilingan. Bu haqda Isroilning Israel Hayom (“Isroil bugun”) gazetasiga tayanib,“TASS” xabar berdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Abramovich Buyuk Britaniya vizasini olishda qiyinchiliklarga duch kelganidan so‘ng bu qarorga kelgan. Tadbirkor bugungi kunda Tel-Avivning Neve-Sedek nufuzli turistik tumanida uy qurmoqda.

Isroilning Globes gazetasi 2015-yilning aprelida Abramovich Neve-Sedek tumanida 25 million AQSh dollari evaziga “Versano” mehmonxonasini sotib olganini ma’lum qilgan. Bu — tadbirkor tomonidan Isroilda sotib olingan birinchi mulk. Rossiyalik milliarder mehmonxona atrofidagi 1,5 ming kvadrat kilometr hududni ham sotib olgan.

Shuningdek, Abramovich Isroilda 4 ta startap kompaniyasini ham sotib olgan. Kompaniyalardan biri eng qisqa vaqtda quvvat oladigan smartfon batareyalarini ishlab chiqaradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2018, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют