» » IIV akademiyasi kursantlari va o‘qituvchilari xitoylik hamkasblari bilan tajriba almashdi

IIV akademiyasi kursantlari va o‘qituvchilari xitoylik hamkasblari bilan tajriba almashdi


O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi akademiyasi professor-o‘qituvchilari va kursantlari Xitoy Jamoat xavfsizligi vazirligi qoshidagi Xitoy xalq politsiyasi universitetida o‘tkazilgan o‘quv seminarda ishtirok etdi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

O‘quv seminari davomida akademiya o‘qituvchilari va kursantlari uchun 70 soatlik mashg‘ulotlar tashkil etildi. Darslar universitetning malakali professor-o‘qituvchilari tomonidan ingliz va rus tillarida olib borildi. “Politsiya tizimida tekshiruvlarni amalga oshirish”, “Xitoy tajribasida olomonni boshqarish”, “Jangovor tayyorgarlik mashg‘ulotlari”, “Dalillar”, “Politsiya tomonidan kuch ishlatish natijasida zarar yetkazish”, “Xalqaro jinoyatchilik” va boshqa shu kabi mavzular bo‘yicha o‘tkazilgan mashg‘ulotlar barchada alohida qiziqish uyg‘otdi.

Mashg‘ulotlar davomida har bir bosqichning o‘ziga xos xususiyatlariga alohida e’tibor qaratildi va undagi sudlov tizimi, mansabdor shaxslarning mavqeini farqlash uchun ajratilgan kiyimlar, jazo va jazolarni ijro etish tizimi xaqida ko‘plab qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi.

Jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlari nazariy va amaliy tarzda o‘tkazildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi IIV akademiyasi hamda Xitoy xalq politsiyasi universiteti kursantlari ishtirokida qiziqarli sport musobaqalari, munozaralarga boy davra suhbatlari tashkil etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2018, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют