» » Estoniyalik general Rossiyani butun Yevropani egallashga tayyorgarlik ko‘rishda aybladi

Estoniyalik general Rossiyani butun Yevropani egallashga tayyorgarlik ko‘rishda aybladi


Estoniya mudofaa kuchlari qo‘mondoni, general-leytenant Rixo Terras Rossiya o‘tgan yilgi “G‘arb-2017” o‘quv mashg‘ulotlari bilan Yevropa hududida NATO bilan urushga tayyorlangan deb hisoblaydi. Bu haqda u Germaniyaning Bild nashriga ma’lum qildi.

“Ochiq aytaman: bu o‘quv mashg‘ulotlari bilan Rossiya NATO pozitsiyalariga to‘la ko‘lamli hujumni simulyatsiya qildi. Bu mashg‘ulotlar faqat Boltiq mamlakatlariga qaratilmagan edi, bu Zapolyaryadan Qora dengizgacha bo‘lgan hududni egallagan mashqlar seriyasi edi. Ko‘lamlar va masofa bayonotdan ancha ortiq edi”, — deydi Terras.

Rossiya va Belarusning “G‘arb-2017” qo‘shma strategik o‘quv mashg‘ulotlari 14-sentabrdan 20-sentabrga qadar o‘tkazildi. Unga 12,7 ming nafargacha harbiy xizmatchi, 70 tagacha samolyot va vertolyot, 680 donagacha jangovar texnika jalb etildi. Shu kabi qo‘shma mashg‘ulotlar 2009 va 2013-yillarda ham o‘tkazilgan edi.

Опубликовано: admin (8-01-2018, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 98) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют